Сайт находится в тестовом режиме

Сайт находится в тестовом режиме

Версия для слабовидящих

Ички ишлар органлари олдига қўйилган долзарб ва масъулиятли вазифалар алоҳида назоратга олиниб, ижроси сифатли таъминланади

07.02.2022

Joriy yilning 26-yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi Oʻzbekistonning 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi hamda uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi muhokama qilindi.

Muhokama chogʻida davlatimiz rahbarining 2021-yil 3-fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻz navbatida, ichki ishlar organlari tizimida ham Harakatlar strategiyasi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, 2020-yili Prezidentimiz taklifi asosidaOʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirish kiritildi. Natijada 1995-yilga qadar mamlakatimizda yashagan 50 mingga yaqin fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olindi.

Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida, Prezidentimiz tashabbusi bilan, bundan buyon yurtimizda 15 yil davomida istiqomat qilgan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ham Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olish uchun imkoniyat yaratildi. Yaʼni, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi” qonunning 6-moddasiga koʻra, oʻtgan yilning 14-iyunida kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, 2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida boʻlmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Bugungi kunda, mazkur imkoniyatdan foydalangan 13 mingga yaqin fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hujjatlari qabul qilinib, shundan 4 mingdan ziyodi Oʻzbekiston fuqarosi sifatida tan olindi. Bu boradagi amaliy ishlar davom etmoqda.

Shuningdek, hududdan qatʼi nazar, transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish, davlat raqam belgilarini berish va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibi yoʻlga qoʻyildi. Bu orqali jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan yengil transport vositalari faqat tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi belgilandi.

Shuningdek, transport vositalarining texnik holati ustidan nazorat tizimiga ham alohida eʼtibor qaratilib, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagiTransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 125-son qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan hozirgi kunda jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi (yengil) transport vositalari respublika boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga tegishli diagnostika stansiyalarida majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, mazkur qaror bilan avtotransport vositalari egalari uchun bir qator qulayliklar yaratildi.

Jumladan, jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari egalarining xohishiga koʻra eksterritoriallik tamoyili asosida xohlagan hududda texnik koʻrikdan oʻtkazilishi belgilandi.

Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish davri 1-yanvardan 31-dekabrga qadar etib belgilandi (avval aprel-sentyabr oylarida edi).

Yangi transport vositalarini DYHXX organlarida roʻyxatga olishda texnik koʻrikdan oʻtkazish olib tashlandi. 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab esa, barcha transport vositalariga texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talonlarni berish amaliyoti bekor qilindi.

2021-yil 1-avgustdan boshlab, tadbirkorlik subyektlari tomonidan haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon qabul qilish tartibi joriy etilib, mazkur jarayonni jamoatchilik tomonidan, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali kuzatish imkoni yaratildi.

Aholi osoyishtaligini taʼminlash va mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyichaObod va xavfsiz mahallatamoyiliga asoslangan tizim joriy qilish ishlari yanada jadallashtirildi. Bugungi kunda ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. Jumladan, har bir mahalla, oila va shaxs kesimida jinoyatchilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish orqali huquqbuzarliklar oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolar bevosita joylarning oʻzida hal etilyapti.

Jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqib, tuman, shahar va mahallalar toifalarga ajratilib, hokimliklar, sektorlar va jamoatchilik bilan hamkorlikdajinoyat oʻchoqlarini bartaraf etish uchun barcha zarur kuch va vositalar jalb qilinmoqda. “Respublika — viloyat — tuman — mahalla” tizimi asosida yaxlit boshqaruv va uzluksiz nazorat qilish mexanizmlari joriy etildi.

Sohani toʻliq raqamlashtirish yoʻnalishida ham muhim qadamlar qoʻyildi. Bosqichma-bosqich ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etilmoqda. Profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuborish va uni koʻrib chiqish jarayonini kuzatib borish, aholi bilan oʻzaro tezkor muloqotni yoʻlga qoʻyish, profilaktika inspektorlari va sektor rahbarlari faoliyatiga baho berish imkonini beruvchi “Smart mahalla» axborot dasturi ishga tushirildi.

Tuman va shahar ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi 24 ta ichki ishlar boʻlimi va ayrim tuzilmalarining rahbarlik lavozimlari maqbullashtirilib, boʻshayotgan shtat birliklari poytaxt ichki ishlar organlarining profilaktika va tergov-tezkor tuzilmalarini kuchaytirishga yoʻnaltirildi. Tuman va shahar probatsiya boʻlinmalari tegishincha tuman va shahar ichki ishlar organlarining bevosita boʻysunuviga oʻtkazilib, probatsiya hisobiga olingan shaxslarni kunlik nazorat qilishda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Ichki ishlar vazirligida Tezkor-qidiruv departamenti, Jamoat xavfsizligi departamenti, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti hamda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti tashkil etildi.

Shu bilan birga, Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi hamda “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi bilan adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash hamda mamlakat xavfsizligini kuchaytirish borasida ichki ishlar organlari oldiga ham bir qator dolzarb vazifalar qoʻyildi.

Birinchidan, Davlat dasturida jinoyatga qoʻl urgan shaxslarni sogʻlom turmush tarziga qaytarish boʻyicha yangi tizim joriy etish lozimligi belgilandi. Bunda insonparvarlik va bagʻrikenglik prinsiplaridan kelib chiqqan holda, barcha turdagi koloniyalarda mehnat qilayotgan mahkumlarning koloniyadagi ish staji umumiy mehnat stajiga qoʻshib hisoblash tartibi joriy etiladi.

Buning natijasida mahkumlarning pensiya taʼminotini yaxshilash orqali ular tomonidan moliyaviy muhtojlik ortidan takroran jinoyat sodir etilishining oldi olinadi. Mahkumlarda mehnat qilish ishtiyoqi ortadi, ishlash jarayonida kelgusida oʻzini taʼminlashga imkon beradigan kasb-hunar egallashga muvaffaq boʻladi. Qolaversa, bu xalqaro inson huquqlari va penitensiar huquq tizimlari reyting va indekslarida respublikamizning nufuzi oshishiga xizmat qiladi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, jazo muddatini oʻtab ozodlikka chiqqan shaxslar jamiyatda oʻz oʻrnini topa olmayotganligi sababli yana jinoyat yoʻliga kirmoqda. Bunga barham berish maqsadida ozodlikka chiqayotgan fuqarolarni kelgusida jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga amaliy koʻmaklashish uchun dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi tizimini joriy qilish maqsadga muvofiq.

Bunda jazoni oʻtab boʻlgan va oʻzining aniq loyihasini (tadbirkorlik, ishlab chiqarish, meʼmorchilik va h.k.) taqdim etib, mustaqil faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolarga probatsiya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan bir martalik moddiy yordam berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Natijada yiliga oʻrtacha 1 300 dan oshiq sudlangan shaxslarni dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketidan foydalanishi uchun imkoniyat yaratiladi. Sudlangan shaxslarning “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”dan maqsadli foydalanganligi, ijtimoiy aloqalarini toʻliq tiklaganligi, xulq-atvori va mehnat faoliyatini besh yil davomida monitoring qilib borish boʻyicha idoralararo nazorat tizimi joriy etiladi.

Ikkinchidan, Davlat dasturidagi yana bir muhim masala, harakatlanish erkinligini cheklash bilan bogʻliq choralarni qoʻllashda qonuniylikni soʻzsiz taʼminlash hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdir. Bu borada, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanuvchi muassasalarni bogʻlab turuvchi yagona elektron tizim yaratiladi va muassasalarda saqlanayotgan kontingent haqida aniq va tezkor maʼlumotlarga ega boʻlish imkoniyati yaratiladi. Yagona elektron reyestrning ishga tushirilishi natijasida harakatlanishi cheklangan shaxslar muassasaga joylashtirilgan vaqtdan boshlab vakolatli muassasaning maʼmuriyati tomonidan mazkur reyestrga kiritib borish tartibi belgilanadi hamda muassasalarning ochiqligi va shaffofligi toʻliq taʼminlanadi.

Uchinchidan, Davlat dasturi doirasida huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqiladi. Hozirgi kunda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq holatlar aniqlangan taqdirda, taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan zudlik bilan hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismiga telefon orqali xabar qilinishi shartligi belgilangan. Biroq ichki ishlar organlariga xabar berish va ularni roʻyxatga olish borasida inson omili ishtiroki sababli, huquqbuzarlik faktlari hamda ular bilan bogʻliq boshqa holatlar haqida xabarlar zudlik bilan ichki ishlar organlariga berilmasdan yashirish holatlari kuzatilmoqda. Shu bois, mazkur muassasalar bilan ichki ishlar organlari oʻrtasida yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish orqali xabarlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga kelib tushishi va ularni roʻyxatga olinishini taʼminlash, tergov-tezkor guruhlarini voqea joyiga tezkorlikda yetib borish imkoni yaratiladi.

Ichki ishlar organlaridaE-maʼmuriy ishelektron tizimi joriy etilgan boʻlib, respublika boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlash hamda qonuniy chora koʻrish vakolatiga ega boʻlgan vazirlik va idoralarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilingan. Mazkur tizimga yangi avtomatlashtirilgan axborot tizimini integratsiya qilish yordamida bir yil davomida takroran sodir etilishi ogʻirlashtiruvchi holat sifatida baholanadigan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar hisobini bir yil mobaynida yuritish va muddat oʻtishi bilan avtomatik ravishda hisobdan olib tashlash imkoniyati yaratiladi.

Toʻrtinchidan, Davlat dasturi doirasida jamoat tartibini saqlash boʻyicha patrullik xizmati faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish belgilangan. Bu borada tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar boʻlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi va barcha maʼlumotlarni joyida tekshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Natijada xodimlar vaqti tejalib, patrullik yoʻnalishlari nazoratsiz qolishi, eng asosiysi fuqarolarning ovora boʻlishining oldi olinadi.

Mazkur vazifalarni amaliyotga tatbiq etish xodimlarni xizmatda foydalanish uchun 4 000 dan oshiq elektron planshetlar bilan taʼminlashni taqozo etadi. Ushbu planshetlar ichki ishlar organlarining elektron axborot tizimlariga integratsiya qilinib, shubha uygʻotgan fuqaroni ichki ishlar organiga keltirishni istisno etgan holda uni tegishli axborot bazalari orqali joyida tekshirish yoʻlga qoʻyiladi.

Xodimlarning bodikameralar bilan xizmat olib borishi xizmatning shaffofligini taʼminlaydi. Bundan tashqari, fuqarolar tomonidan xodimlarga nisbatan sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy holatlar oldi olinishiga xizmat qiladi. Masalan, Toshkent shahar ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash tizimi xodimlariga 2 mingga yaqin bodikamera tarqatilib, xizmat olib borishi yoʻlga qoʻyilishi oʻzining ijobiy samarasini berdi.

Bugungi kunda patrul-post xizmati boʻlinmalari xizmat oʻtashi belgilangan 48 ta yirik shaharda 2 751 ta mahalla mavjud boʻlib, ularda kriminogen vaziyatdan kelib chiqqan holda 4 298 ta patrullik yoʻnalishlari tashkil etilgan. Patrul xizmatining bosqichma-bosqich avto va motopatrul shakliga oʻtkazilishi 5–6 ta piyoda patrul naryadi yoʻnalishlarini 1 ta avtoekipaj yoʻnalishi bilan qamrab olish imkonini beradi. Shuningdek, patrullik naryadlarining yuqori mobilligi voqea sodir etilgan joyga qisqa muddatlarda yetib borishini taʼminlaydi.

Beshinchidan, Davlat dasturi doirasida yoʻl infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish belgilangan. Bugungi kunda yoʻllarning holati tobora soni oʻsib borayotgan transport vositalarining tirbandliklarsiz harakatlanishini taʼminlashga imkon bermaydi. Buning ustiga yoʻl harakati ishtirokchilari uchun harakatni tashkil etish toʻgʻri va tizimli yoʻlga qoʻyilmagan. Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakatni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qonunini qabul qilish maqsadga muvofiq.

Shuningdek, yoʻl harakati qatnashchilariga qulaylik yaratish maqsadida, 4 246 kilometr aholi yashash punktlarida piyodalar uchun trotuarlar, 4 147 kilometr aholi yashash punktlarida va ularni bogʻlovchi yoʻllarida veloyoʻlaklar barpo etilishi, 4 448 kilometr aholi yashash punktlari sunʼiy yoritilishi, 701 ta svetofor (325 ta svetofor transportlar uchun va 376 ta svetofor piyodalar uchun) oʻrnatilishi, 208 ta yer usti va yer osti piyodalar oʻtish joylarini qurish lozim. Yana 2 731 ta tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylari sunʼiy yoritilishi, 81 ta yoʻl oʻtkazgichlar qurish, 2 310 ta joyda shovqin chiziqlarini chizish, 2 904 ta joyda oʻrnatilgan talab asosida sunʼiy notekisliklarni tashkil etish kerak.

Bundan tashqari, harakatni boshqarish tizimini toʻliq raqamlashtirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan. Respublikamizdagi 560 ta chorrahada aqlli (smart) svetoforlar oʻrnatiladi, 600 ta chorraha aqlli intellektual kameralar bilan hamda tezlik oʻlchovchi qurilmalar bilan jihozlanadi, 2 500 km uzunlikdagi yoʻllarda yoʻl chiziqlari zamonaviy texnologiyalar bilan chiziladi, 500 ta piyodalar oʻtish joylari aqlli intellektual kameralar hamda sensor qurilmalari bilan jihozlanadi.

Taʼkidlash joizki, mazkur tizim yagona boshqaruv asosida ishlashi, toʻliq avtomatlashtirilganligi bilan bir qatorda, elektr taʼminoti bilan bogʻliq muammoli vaziyatlarda toʻliq avtonom rejimda bir necha soat ishlay olish kabi bir qator afzalliklarga ega.

Shu bilan birga, respublikadagi yoʻl-transport hodisalarining har toʻrtinchisi belgilangan tezlik meʼyorlarini buzib harakatlanish oqibatida kelib chiqayotganligini inobatga olgan holda, yoʻllarda onlayn tizimda ishlovchi tezlikni oʻlchash moslamalari hamda uchuvchisiz apparatlar yordamida transport oqimini nazorat qilish va tezkor boshqarishning elektron tizimini yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, hozirgi kunda eng dolzarb masalalardan biri boʻlib qolayotgan haydovchilikka nomzodlarni oʻqitish va ulardan imtihonlar qabul qilish tizimini isloh qilishga katta eʼtibor qaratiladi. Bunda, oʻquv tashkilotlari faoliyatini toʻliq taftishdan oʻtkazish, ularga litsenziya berish tizimini komissiya tartibida tashkillashtirish, oʻquv metodikasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, tashkilotlarning moddiy texnika bazasini kuchaytirish orqali taʼlim berish sifatini yaxshilash, nomzodlarni oʻqitish uchun toʻlov stavkalarni qayta koʻrib chiqish hamda respublika boʻyicha yagona narx belgilash kabi masalalar toʻliq qayta koʻrib chiqiladi.

Kelgusida imtihon olish tizimi ham butunlay oʻzgaradi. Tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda, respublikaning har bir hududida zamonaviy, toʻliq avtomatlashtirilgan hamda inson omili butunlay cheklangan imtihon olish markazlari tashkil etiladi va nomzodlardan haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar maxsus oʻlchash uskunalari (datchik)lar bilan jihozlangan avtomobillarda olinadi.

Respublikadagi muntazam YPX maskanlarini raqamlashtirish orqali jamoat xavfsizlikni taʼminlash samaradorligi oshiriladi. Bunda, hozirda mavjud 29 ta yoʻl-patrul xizmati maskanlariga zamonaviy axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini joriy qilgan holda ushbu maskanlar inson omilisiz transport vositalarining toʻsiqsiz harakatlanishi taʼminlash, “yashil” va “qizil” yoʻlak tamoyili asosida yagona tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Tizimning joriy etilishi xodimlar va fuqarolar oʻrtasidagi muloqotni cheklash, qogʻoz koʻrinishidagi bayonnomalardan voz kechish, xodimlarning ish faoliyatini onlayn nazorat qilish, vaqtni tejash, qoidabuzarlik toʻgʻrisidaSMSxabar yuborish kabi qulayliklarni yaratdi.

Bugungi kunda mavjud tizimlarni Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiningYagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Kelgusida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimi joriy qilinishi natijasida respublikamizda, yoʻl harakati xavfsizligi, yoʻl-transport hodisalari, tirbandliklar va jinoyatlarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, qidiruvdagi shaxslarning aniqlash, jinoyatlarning “issiq izidan” ochilishi va yoʻl infratuzilmasi rivojlanishi taʼminlanadi.

Oltinchidan, Davlat dasturi doirasida ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish koʻzda tutilgan. Bu borada tegishli normativ huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, unda ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish hamda aholi bilan maqsadli ishlashga, inson qadr-qimmati, uning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga yoʻnaltirilgan tizim sifatida shakllantirish nazarda tutiladi.

Ushbu hujjatga koʻra, ichki ishlar organlari xodimlariningKasbiy madaniyat kodeksiishlab chiqilib, uni amaliyotga samarali tatbiq etish mexanizmlari belgilab beriladi. Ichki ishlar organlarini xalqparvar xodimlar bilan toʻldirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijadorligi hamda ijtimoiy fikr asosida baholash tizimi joriy etiladi.

Inson qadri uchuntamoyiliga asosan xizmat olib boruvchi yangi Oʻzbekiston Ichki ishlar organlari tizimini yaratish maqsadida, sohani bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak insoniy va professional salohiyatga ega yosh kadrlar bilan toʻldirishga alohida urgʻu berilgan. Ichki ishlar organlarida Jamoatchilik kengashlarini tuzish orqali tizim faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish nazarda tutilmoqda.

Ichki ishlar organlari faoliyatini aholi bilan maqsadli ishlashga yoʻnaltirish, uning xizmat faoliyatiga xos boʻlmagan funksiya va tuzilmalarini maqbullashtirish maqsadida, amalga oshirilayotgan faoliyat toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi. Barcha kuch va vositalar mahalla fuqarolar yigʻinlarida samarali faoliyat tashkil etishga yoʻnaltirilib, tegishli masʼul rahbarlar faoliyatiga mahalla miqyosida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi asosida baho beriladi.

Yettinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasi shakllantirilib, ular faoliyati xalq manfaatlari, qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga yoʻnaltiriladi.

2022-yilning 1-apreliga qadar respublikaning barcha mintaqalarida “Smart mahalla” elektron dasturini joriy qilish rejalashtirilgan.

Smart mahallaelektron dasturining afzalliklari shundaki, aholi mavjud muammolari boʻyicha uyidan turib, tunu kun toʻgʻridan-toʻgʻri yashash joyi boʻyicha sektor rahbarlariga murojaat etishi, muammolarini bartaraf etgan sektor rahbarining faoliyatiga xolisona baho berish imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, aholi toʻgʻridan-toʻgʻri sektor rahbari va hududiy profilaktika inspektoriga murojaat qilib, natijasi boʻyicha axborot olish, yuqori turuvchi organlarga shikoyat qilishi mumkin boʻladi. Ayni kunlarda Samarqand viloyatida “Smart mahalla” elektron dasturi test rejimida sinovdan oʻtkazilmoqda. Bugungi kunda viloyatda yashovchi 688 mingdan ortiq fuqaro shu dasturiga ulangan.

Oʻtgan yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida jinoyat va hodisalar haqidagi ariza va xabarlarni qayd etuvchi “102” tizimi yoʻlga qoʻyildi. Mazkur tizim orqali jinoyatlar haqidagi barcha ariza va xabarlar inson aralashuvisiz avtomatlashtirilgan tarzda qayd etiladi. Endilikda, ushbu tizim orqali avval turli mayda noxush holatlar (telefon, velosiped boshqa qimmat boʻlmagan buyumlar yoʻqolishi, koʻchadagi janjal kabi) boʻyicha xabar bermaganlar ham ichki ishlar organlariga murojaat qilmoqda.

Sakkizinchidan, fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlashga erishiladi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi va Jinoyat Kodeksining shaxsiy hayot daxlsizligini buzish bilan bogʻliq moddalari takomillashtiriladi.

Xususan, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarni uning roziligisiz tarqatganlik uchun nazarda tutilgan maʼmuriy javobgarlik, bunday maʼlumotlarni internet tarmogʻi orqali tarqatganligi uchun jinoiy javobgarlik, maʼlumotlarni nooshkora ravishda yigʻish uchun moʻljallangan maxsus texnik vositalar yordamida qonunga xilof ravishda yiqqanlik uchun jinoiy javobgarlik choralari kuchaytiriladi.

Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida Ichki ishlar organlari oldiga qoʻyilgan dolzarb va masʼuliyatli vazifalarning bajarilishi Vazirlik rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olinib, sifatli ijrosi taʼminlanadi. Buning uchun Ichki ishlar vazirligi va uning quyi tizimlarining imkoniyati ham, salohiyati ham yetarlidir.

Poʻlat BOBOJONOV, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant