1-maydan o‘zgaradigan jarimalar miqdori bilan tanishing

01.04.2023

– Transport vositasini kamar taqmasdan boshqarish - 165 000 (82 500) so‘m

– Transport vositasi belgilangan texnik ko‘rikdan o‘tkazilmasdan boshqarish, tibbiyot qutisi yo‘qligi - 165 000 (82 500) so‘m

– Transport vositasini hujjatsiz boshqarish - 330 000 (165 000) so‘m

– Transport vositasini sug‘urtasiz haydash - 330 000 (165 000) so‘m

– Svetoforning qizil ishorasida chorraxani kesib o‘tish - 660 000 (330 000) so‘m

– Transport vositasini noto‘g‘ri parkovka qilish - 660 000 (330 000) so‘m

– Transport vositasi xarakatlanishi davomida haydovchining telefonda gaplashishi - 990 000 (445 000) so‘m

– Davlat raqam belgisiz transport vositasini haydash - 1 650 000 (825 000) so‘m

– Ruxsat etilgan tezlikdan (20 km/s) gacha oshirish - 330 000 (165 000) so‘m

– Ruxsat etilgan tezlikdan (20-40 km/s) gacha oshirish - 1 650 000 (825 000) so‘m

– Ruxsat etilgan tezlikdan (+40 km/s) gacha oshirish - 2 970 000 (1 485 000) so‘m

– Transport vositasini qarama-qarshi yo‘lakda harakatlanishi - 3 300 000 (1 650 000) so‘m
– Transport vositasini mast holda boshqarish - 8 250 000 (4 125 000) so‘m yoki 3 yilgacha “transport vositasini boshqarish”dan mahrum qilish

– Transport vositasini ruxsatnomasiz tonirovka qilish - 8 250 000 (4 125 000) so‘m.

*Qavs ichida 15 kun ichida to‘langanda 50 foizlik chegirma ko‘rsatilgan.