Bilasizmi
Oʼzboshimchalik – “oʼzicha sudlash” (samosud) fuqarolarga BHMning uchdan bir qismidan 1 baravarigacha (300 ming soʼmgacha), mansabdor shaxslarga esa 1 baravaridan 3 baravarigacha (900 ming soʼmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
Xuddi shu harakatlar koʼp miqdorda zarar (BHMning 300-500 baravarigacha) yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʼlsa, mazkur qilmish jinoyat hisoblanib, BHMning 50 baravarigacha (15 mln soʼmgacha) jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Bundan tashqari, ushbu qilmishni sodir etgan shaxs samosud oqibatida vujudga keladigan jinoyatlar (tan jarohati yetkazish, oʼzini oʼldirish darajasiga yetkazish, qasddan odam oʼldirish va h.k.)ning har biri uchun alohida javobgarlikka tortiladi.