E-maʼmuriy ish axborot tizimi bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar mashg‘uloti tashkil etildi

13.09.2021

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyuldagi “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 431-son qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 11 sentyabr kuni, Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida E-ma’muriy ish axborot tizimi bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

O‘quv-amaliy seminarda Vazirlik Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi bo‘lim boshlig‘i B.Isxakbekov so‘zga chiqib, “E-maʼmuriy ish” yagona axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish tartiblari va ularni tegishligi bo‘yicha hududiy Majburiy ijro byurosi, Jinoyat ishlar bo‘yicha shahar-tuman sudlari va boshqa organlarga yuborish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Yig‘ilish yakunida tizimga ma’lumotlarni kiritilishida vujudga kelayotgan muammolar yuzasidan savol javoblar o‘tkazilib, ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli takliflar berildi.