“E-mamuriy ish” tizimidan foydalanish boʻyicha oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi

20.11.2021

Joriy yilning 19-noyabr kunida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi prokuror tergov xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida, Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi katta inspektori Umarjon Saidvaliyev tomonidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi yagona elektron ish yurituv doirasidagi “E-mamuriy ish” tizimidan foydalanishga bagʻishlangan oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Seminarda “E-mamuriy ish” tizimi orqali maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirish, qaror qabul qilish, hujjatlarni onlayn tarzda sudga elektron koʻrinishda yuborish tartibi tushuntirildi.

Shuningdek mashgʻulot davomida maʼmuriy ishlarni elektron shaklda yuritish vakolatli organlarning tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan maʼmuriy ish hujjatlari “E-maʼmuriy ish” tizimiga elektron shaklda kiritilishi orqali amalga oshirilishi, maʼmuriy ishlarni qogʻoz shaklda yuritish zarurati yuzaga kelganda, ushbu hujjatlar “E-maʼmuriy ish” tizimiga elektron shaklda kiritilishi hamda uning qogʻoz shakli bevosita vakolatli organda saqlanishi, maʼlumotlar elektron shaklda idoralararo axborot almashish orqali amalga oshirilishi, vakolatli organlar tomonidan huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, va xolislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sudga yuborish, shuningdek, sudda ishni koʻrish bilan bogʻliq maʼlumot almashinuvi faqat “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali amalga oshirilishi, vakolatli organlar tomonidan huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilganda sudlarning vakolatiga kiradigan maʼmuriy ishlar “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali tegishli sudlarga yuborilishi, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining “MIB portal tizimi “E-maʼmuriy ish” tizimiga integratsiya qilinganligini taʼkidlab oʻtildi.

Bundan tashqari kelgusida “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali ish yuritishda viloyat IIBning tegishli tarmogʻi bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, avval yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni takrorlamaslik choralarini koʻrish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar rejasi kelishib olindi.