Ehtirom

11.02.2021

«Boshim koʼkka yetdi» deydi Erkin Zaitov

Sohada uzoq yillar xizmat qilib, izzat-ikrom bilan pensiyaga kuzatilish onlarining ham oʼzgacha gashti bor. Ichi ishlar vazirligi Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasida ana shunday marosim boʼlib oʼtdi.

Tadbir koʼp yillardan buyon mazkur boshqarma boshligʼi oʼrinbosari vazifasida faoliyat yuritgan Erkin Zaitov pensiyaga kuzatishga bagʼishlandi. Unda boshqarma rahbariyati hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi. Ular qahramonimizning shaʼniga iliq soʼzlar aytishdi. Jumladan, bir nechta hamkasblari va shogirdlari ham oʼz dil izhorlarini bildirishdi. E.Zaitov tizimdagi faoliyatini 1990 yil IIVda oddiy xizmat koʼrsatuvchi xodim vazifasida boshlagan edi. U bugungi masʼuliyatli lavozimgacha boʼlgan sharafli yoʼlni bosib oʼtdi. Turmush oʼrtogʼi bilan ikki nafar farzindini tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Hozirda ularning ikki ham oliy taʼlim muassasida tahsil olmoqda.

- Pensiya chiqdim deya uyda oʼtirish niyatim yoʼq, - deydi E.Zaitov.

- Kelgusida ham boshqarmada faoliyat boshlagan yosh xodimlar va hamkasblarimga oʼzimning bilim va tajribalarimni oʼrgatib, soha rivoji uchun imkon qadar oʼz hissamni qoʼshaman. Bugungi koʼrsatilgan ehtiromdan boshim koʼkka yetdi. Barcha hamkasblarimga mana shunday baxt nasib etishini chin dildan tilayman

 

«Postda» muxbiri