Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi

14.04.2022

Hukumat qarori (178-son, 12.04.2022 y.) bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʼyxatdan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorga oʼzgartirishlar kiritildi

Kiritilgan qoʼshimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni roʼyxatdan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:

2010 yilgacha boʼlgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;

2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;

2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;

2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.