Fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar

12.01.2022

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021yil 8iyuldagi “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 431-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan, fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, o‘tgan 2021 yilning 30 iyuldan boshlab, mobil aloqa operatorlari tomonidan fuqarolarning telefonlariga ma’muriy jarimalar to‘g‘risida ma’lumotlarni “SMS” xabarnoma orqali yuborish servisi ishga tushirilganedi.

2021yil 10dekabrdan boshlab fuqarolarga ma’muriy jarimalar to‘g‘risida “SMS” xabarnoma ko‘rinishida yuborish servisi to‘liq ishga tushirilgan bo‘lib, shu kundan boshlab “UzEMI” nomi bilan “SMS” xabarnoma “Е-ma’muriy ish” – tizimi doirasida xabarnoma vakolatli organlar tomonidan avtomatlashtirilgan ravishda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur servis orqali fuqarolarning telefon raqamlariga vakolatli organ tomonidan ma’muriy jarima belgilanganligi, jarima to‘lash to‘g‘risidagi qaror raqami to‘g‘risidagi hamda ma’muriy jarima belgilangan muddat ichida to‘lov amalga oshirilmaganda Majburiy ijro organlari tomonidan undirilishi haqidagi xabar fuqarolarga ketma ketlikda belgilangan muddatlarda yuboriladi.

Shuningdek, ejarima.uz veb-sayti orqali ham “SMS” orqali yuborilgan ma’muriy bayonnoma va ko‘rib chiqilgan qarorlarni elektron ravishda ko‘rish va foydalanish imkoniyatlari mavjud.

Tez kunlarda, fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, ma’muriy huquqbuzarliklar haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari ma’muriy jarimalar, ma’muriy qarorlar elektron shaklda ma’lumotlarni olishlari uchun“Mening jarimalarim” nomlimobil ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Xizmatdan jarimalarini tekshirish bepul bo‘lib,“Mening jarimalarim” orqali O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarliklarga oid ma’muriy jarimalar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

IIV Huquqiy statistika va tezkor-hisobma’lumotlar markazi