Fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi
Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksga oʼzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi Qonun (OʼRQ–719-son, 04.10.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi
Kiritilgan oʼzgartishlarga koʼra, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.
Bunday harakatlar:
- BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima (ilgari faqat 50 baravarigacha);
- 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 1 yilgacha);
- 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (ilgari 1 yilgacha).
Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksda hokimiyat vakilining, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilib, jarima miqdorlari oshirildi.