Haydovchi mastlik holati boʼyicha tekshiruvdan oʼtishdan boʼyin tovlash
Bunday holatda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchi 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha boʼlgan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi va 4 mln 50 ming soʼm miqdorida jarimaga tortiladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʼlmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, 8 mln 100 ming soʼm miqdorida jarima yoki 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʼllaniladi.
Manba: Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 136-moddasi. Transport vositalari haydovchilarining va yoʼl harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʼtishdan boʼyin tovlashi