Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik
MJtKning 194-moddasi Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik
- Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni toʻxtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki koʻrsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik;
- Transport vositasini toʻxtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik;
- Jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik;
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.