IIO uchun intellektual-professional kadrlarni tayyorlash va ularni xizmatda koʼtarilishining sifat jihatidan yangi tizimi joriy etiladi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan IIO uchun intellektual-professional kadrlarni tayyorlash va ularni xizmatda koʼtarilishining sifat jihatidan yangi tizimi joriy etiladi.
- oliy taʼlimning ikki bosqichli (bakalavriat va magistratura) tizimi va rahbarlik tarkibidagi kadrlarni maqsadli tayyorlash mexanizmlarini joriy etgan holda IIV Аkademiyasi taʼlim jarayoni tubdan isloh qilinadi;
- IIV Аkademiyasining Nukus filiali ochiladi;
- joylarda xodimlarni boshlangʼich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yagona mexanizmlarini joriy etgan holda IIV Malaka oshirish institutini takomillashtiriladi;
- 2021 yil 1 sentyabrdan eʼtiboran oʼquv jarayonining xizmat oʼtash qoidalari bilan uzviy bogʼlangan tartibini oʼz ichiga olgan uzluksiz oʼqish-karьera tizimini joriy etiladi;
- mafkuraviy taʼlim, yuridik fanlar va jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirgan holda IIVning akademik litseylarida taʼlim jarayonini samaradorligi oshiriladi;
- moddiy ragʼbatlantirish mexanizmlarini joriy etgan holda, IIV taʼlim muassasalari pedagoglar tarkibining salohiyatini oshiriladi;