IZZAT-IKROM BILAN
Yurtimiz osoyishtaligi yo‘lida uzoq yillar samarali xizmat qilib, hurmat-ehtirom ila pensiyaga chiqish har bir xodimning orzusi. IIV Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Abduhamid Hakimov ana shunday fidoyi, jonkuyar rahbarlardan biridir.
Polkovnik A. Hakimov Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagach, Toshkent shahar IIBB Axborot markazi hisoblash markazi muhandisi lavozimida faoliyatini boshladi. Keyinchalik markazda bo‘linma boshlig‘i, markaz boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. IIV Akademiyasida sirtdan o‘qidi. Ko‘p yillar davomida IIV Axborot markazi boshlig‘i lavozimida xizmat qilib bir qator shogirdlarga ustozlik qildi.
Kuni kecha lavhamiz qahramoni jamoadoshlari tomonidan izzat-ikrom bilan nafaqaga kuzatildi. Tadbirda so‘z olganlar afg‘on urushida qatnashgan bu fidoyi insonning tizimdagi 30 yillik faoliyatiga to‘xtalib, o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi.
postda.uz