Jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Mahkumlarni «elektron nazorati»ni taʼminlovchi axborot texnologiyalarini joriy etgan holda, jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi. Xususan:
- xodimlar personal videoregistrator (bodikamera) bilan xizmatni oʼtash tartibi tatbiq etiladi
- mahkumlarning jazoni oʼtash tartibini buzish holatlarini aniqlash maqsadida kuzatish va mustaqil nazorat qilish imkoniyatiga ega intellektual kameralar («Smart») tizimini muassasalarga oʼrnatiladi
- taqiqlangan buyumlarni olib kirish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida muassasalarning nazorat oʼtish joylarida bodiskanerlar oʼrnatiladi;
- jazoni oʼtash jarayonida mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi «axborot portreti»ni tuzish va ozodlikka chiqishidan 2 oy oldin yashash joyi boʼyicha hududiy ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyatini beruvchi yagona elektron tizimni yaratiladi.