Jazoni ijro etish tizimida ishlab chiqarish faoliyatini yanada kuchaytirish boʼyicha yangi chora-tadbirlar belgilanadi

06.04.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Jazoni ijro etish tizimida ishlab chiqarish faoliyatini yanada kuchaytirish boʼyicha yangi chora-tadbirlar belgilanadi

 - jazoni ijro etish muassasalariga istisno tariqasida litsenziya talab etiladigan ayrim faoliyat turlari bilan tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatni amalga oshirish huquqi beriladi;

- Jazoni ijro etish departamentining Markazlashtirilgan jamgʼarmasini qayta tashkil etish va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning ijro hujjatlari boʼyicha Davlat byudjetiga jazoni ijro etish muassasalari tomonidan undirilgan mablagʼlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalarni hamda boʼsh turgan byudjetdan tashqari mablagʼlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar Jamgʼarmaning qoʼshimcha manbalari sifatida belgilanadi.