Kriminalistik axborot-qidiruv tizimini yaratish

03.04.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ashyoviy dalillar boʼyicha avtomatlashtirilgan kriminalistik axborot-qidiruv tizimini yaratish orqali ekspert-kriminalistik faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi, shuningdek kriminalistik identifikatsiya tizimi faoliyati muvofiqlashtiriladi. Xususan:

- Genom boʼyicha yagona avtomatlashtirilgan davlat roʼyxatiga olish tizimi zaruriy vositalar bilan jihozlanadi

- fuqaroviy va xizmat oʼqotar qurollarining izlari boʼyicha Davlat oʼq-gilьzotekasi tizimini modernizatsiya qilish orqali uning faoliyatini avtomatlashtiriladi

- «Kriminalist» kriminalistik faoliyatni hisobga olishning axborot-maʼlumot tizimini modernizatsiya qilinadi hamda uni «102» tizimi doirasida Ichki ishlar vazirligi jinoyatlarni hisobga olish yagona tizimiga integratsiya qilinadi

- Ekspert-kriminalistik bosh markazining biometrik identifikatsiya qilish maʼlumotlar bazalariga hududiy ekspert-kriminalistik boʼlinmalarning ulanishi taʼminlanadi.