Maʼmuriy ishlar boʼyicha apellyatsiya muddati uzaytirildi

26.01.2021

“Sud qarorlarini qayta koʼrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʼgʼrisidagi kodeksiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish haqida”gi Qonun (OʼRQ–662-son, 12.01.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan oʼzgartishlar bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda nazorat instantsiyasi tugatildi.

Biznes ombudsmanga birinchi instantsiya sudining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʼliq qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati taqdim qilish huquqi berildi.

Аpellyatsiya shikoyati qaror qabul qilingandan bir oy muddatda berilishi mumkinligi belgilandi (ilgari bu muddat 20 kun edi).

Аpellyatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish masalasini hal etishga oid ajrim haqida ishtirok etuvchi shaxslar 3 kunda xabardor qilinadi (ilgari xabardor qilish ajrim chiqarilgan kunda amalga oshirilgan).

Kassatsiya shikoyati apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilinganidan 1 yilda berilishi mumkin (ilgari hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy ichida berilishi mumkin edi).

Shuningdek, manfaatdor shaxslar ishlarni kassatsiya tartibida takroran koʼrish toʼgʼrisida protest keltirish haqidagi ariza bilan Oliy sud raisi, Bosh prokuror va ularning oʼrinbosarlariga murojaat qilishga haqli. 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.