Maʼmuriy ishlarni onlayn tarzda koʻrib chiqish samaradorligini oshirishga bagʻishlangan oʻquv-seminar

13.09.2021

Respublikamiz Prezidentining joriy yil 2-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida ichki ishlar organlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash koʻrsatib oʻtilgan. Shu maʼnoda, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida profilaktika inspektorlari yurituvida boʻlgan maʼmuriy ishlarni onlayn tarzda koʻrib chiqish samaradorligini oshirishga bagʻishlangan oʻquv-seminari tashkil etildi