Mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poezdlar hamda havo kemalarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish jarima solishga sabab bo‘ladi

07.10.2021

Mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poezdlarda, daryo kemalarida belgilanmagan joylarda, shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), shahar ichida, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda, shuningdek taksilarda, yo‘nalishli taksilarda hamda shahar elektr transportida tamaki mahsulotini iste’mol qilish BHMning uchdan bir qismi (90 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Havo kemalarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish BHMning ikki baravari (540 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.