Mahkumlarni saqlash holati ustidan nazorat olib borish jarayonlari toʼliq avtomatlashtiriladi
Mahkumlarni saqlash holati ustidan nazorat olib borish jarayonlari toʼliq avtomatlashtiriladi
Qarorga (PQ–5050-son, 02.04.2021 y.) muvofiq, 2021 yil 1 iyuldan shaxslarni profilaktik hisobga olishning elektron tizimi joriy etiladi.
“Xavfsiz taʼlim muassasasi” tamoyili asosida tuman, shahar ichki ishlar organlari tarkibida 2 000 ta shtat birliklaridan iborat voyaga yetmaganlar masalalari boʼyicha inspektor-psixolog lavozimlari joriy etiladi hamda ular bevosita umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida xizmat oʼtaydi.
2021–2023 yillar davomida jazoni ijro etish tizimini raqamlashtirish orqali sohada inson omilini istisno etish va jazoni oʼtashning tartibotini taʼminlash maqsadida:
- jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida qatʼiy intizom va qonuniylikni taʼminlash, korruptsiyaviy holatlarning oldini olish, shuningdek, mahkumlarni saqlash holati ustidan nazorat olib borish jarayonlari toʼliq avtomatlashtiriladi;
- jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar, shu jumladan ularning qarindoshlari tomonidan qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni erkin bozor mexanizmlariga asoslangan elektron doʼkonlar orqali sotib olish imkoniyati yaratiladi;
- har bir mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi maʼlumotlar elektron bazasi yuritiladi va uning asosida mahkumlarni taqsimlash jarayoni toʼliq raqamlashtiriladi.
Shuningdek, 2021 yil yakuniga qadar quyidagilar yaratiladi:
● ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining elektron maʼlumotlar bazalarini yagona platforma negizida birlashtirish asosida “E-ichki ishlar organlari” markazlashgan axborot tizimi;
● Ichki ishlar vazirligining Maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markazi.
Qaror bilan shuningdek, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi.
Manba: (t.me/huquqiyaxborot)