“Mening jarimalarim” paydo bo‘lganidan so‘ng O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilova bo‘ldi

19.02.2022

Onlayn ma’muriy huquqbuzarliklarni tekshirish va to‘lash uchun yaratilgan “Mening jarimalarim” rasmiy ilovasi O‘zbekistonda Google Play’dan eng ko‘p yuklab olingan ilova bo‘ldi. Bu haqda Data.ai mobil tahliliy servisi ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

Bu O‘zbekiston mobil ilova bozori uchun g‘ayrioddiy holat. Bir necha yillardan beri birinchi o‘rinni odatda Instagram, Telegram, TikTok va boshqa jahon dasturlari egallab kelishadi. Ayni paytda ularning pog‘onasi pasayib ketgan.

Google Play ma’lumotlariga ko‘ra, 4 kun ichida ilovani 50 mingdan ortiq foydalanuvchi yuklab olgan.

“Mening jarimalarim” ilovasi orqali jarimalarni Uzcard va Humo bank kartalari yordamida to‘lanadi hamda to‘lov uchun rasmiy kvitansiya olinadi.

Ilovada ma’muriy huquqbuzarliklaringizni quyidagicha izlash mavjud:

  • bayonnoma raqami bo‘yicha izlash;
  • buyurtma raqami bo‘yicha izlash;
  • kvitansiya raqami bo‘yicha izlash.

Shuningdek, qoidabuzarliklar uchun to‘lovni amalga oshirishda 30 foiz chegirma beriladi. Dastlabki 15 kun ichida deyarli barcha jarimalar 30 foiz arzonroq to‘lanishi mumkin (qaror chiqarilgandan keyin dastlabki 15 kun davomida amal qiladi).

daryo.uz