Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida “E-mamuriy ish” boʼyicha oʼquv-seminar mashgʼuloti oʼtkazildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi majlislar zalida Byuro boʼlim boshligʼi Аbdullaev Аbdugʼaffor Аbdullaevich, Byuro masʼul hodimi Yusupov Xabibullo Toxirovich, Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazi katta inspektori Saidvaliev Umarjon Erkin oʼgʼli hamda hududiy byuromasʼul xodimlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyul kunidagi “Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi”gi 431-son Qarori asosida ishga tushirilgan “E-ma'muriy ish” tizimidan toʼgʼri va samarali ishlashi yoʼlga qoʼyish maqsadida, Byuro organlarining ushbu tizimdan foydalanish tartibi va ish faoliyati davomida kelib chiqayotgan muammolar mavzusida oʼquv-amaliy mashgʼuloti oʼtkazildi.
Oʼquv-amaliy mashgʼulotini Byuro boʼlim boshligʼi А.Аbdullaev ochib, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib zarur tushintirish va topshiriqlar hamda Byuroning masʼul xodimi X.Yusupov qabul qilingan qonun xujjatlari toʼgʼrisida tushintirishlar berdi.
Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazi katta inspektori U.Saidvaliev soʼzga chiqib, maʼmuriy bayonnomalarni ularga biriktirilgan maxsus login parollar orqali rasmiylashtirish, qaror qabul qilish, bayonnoma va hujjatlarni elektron tartibda onlayn sudga oʼtazish,axborot tizimlarini integratsiya kilish orqali maʼmuriy xukukbuzarlikka doir ishlarni elektron shakllantirish, kurib chiqish, xisobini yuritish, shuningdek jinoyat ishlari buyicha sudlarga maʼmuriy ishlarga doir maʼlumotlarni faqat axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborish tartibini tushuntirildi.
Oʼquv-amaliy mashgʼuloti davomida Byuro tomonidan qaror va tizim boʼyicha savollarga tegishli tartibda javob berildi hamda amaliy yordam koʼrsatidi
Qaror yuzasidan barcha masʼul boʼlgan organlar tomonidan har bir hujjatlarga alohida eʼtibor qaratilib, ularning elektron almashinuvi boʼyicha raqamlashtirishga bosqichma-bosqich oʼtib kelayotganligi taʼkidlab oʼtildi.