"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga moddiy madaniy meros ob’ektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik kiritildi.
Ushbu huquqbuzarlik og‘irlashtiruvchi holatlarda 15 sutka ma’muriy qamoqqa olishga yoki BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.