“Planshet” qurilmasida “Е-ma’muriy ish” hamda “AIB-O‘zbekiston” tizimlari bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘ulotlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 iyun kunidagi 407-son “Huquqbuzarliklarni oldini olishda zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha qo‘shimchachora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyuldagi “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 431-son karori ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda, Toshkent viloyati IIBB HPB boshlig‘i o‘rinbosari A.A.Xudayqulov, HSvaTXMB bo‘lim boshlig‘i O.M.Xaydarovlar tomonidan Toshkent viloyati shahar-tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlaridan kelgan inspektorlariga Toshkent viloyati IIBB Majlislar zalida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mazkur o‘tkazilgan yig‘ilishda, har bir profilaktika inspektorlariga “Planshet” qurilmasida “Е-ma’muriy ish” hamda “AIB-O‘zbekiston” elektron dasturi tizimlaridan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirish va o‘quv-seminar mashg‘ulotlari olib borildi.
“Е-ma’muriy ish” - tizimida har bir profilaktika inspektori tomonidan foydalanish tartibda huquqbuzarlarga nisbatan elektron ma’muriy bayonnoma to‘ldirish,ushbu dasturdan foydalanish tartibi to‘g‘risida to‘liq tushuntirish ishlar o‘tkazildi. O‘quv-seminar mashg‘uloti davomida har bir profilaktika inspektorlarining savollariga javoblar berilib, qo‘shimcha tushuntirish ishlari amalga oshirildi.