Qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga omma oldida daʼvat qilish maʼmuriy javobgarlikka sabab boʼladi
Oʼzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmogʼidan, shuningdek matnni koʼpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida daʼvat qilish:
bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
Manba: Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi 201 prim 1-modda.