Tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish

31.07.2021

Tungi vaqtda – soat 23.00 dan 06.00 gacha – fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, yaʼni:

- baland ovoz bilan qoʼshiq aytish;

- musiqa chalish; 

- tovush signallari berish;

- xonadonlarda, turar joylarning yoʼlaklari va eshiklarida, koʼchalarda ovozi baland qilib qoʼyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish;

- turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʼlmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish:

fuqarolarga 81 666 soʼm, mansabdor shaxslarga esa 122 500 soʼmgacha maʼmuriy jarima solishga sabab boʼladi.

Manba: Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi 192-modda. Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish