Axborot makonida qonunga zid kontentga qarshi kurashish maqsadida yangi bot yaratildi
Agar siz Internet hamda ijtimoiy tarmoqlarda:
● pornografiya;
● shafqatsizlik va qonli sahnalar;
● terrorizm va ekstremizm;
● gender zo‘ravonlik va kamsitishlar;
● «feyk» xabarlar va boshqa noqonuniy harakatlarga guvoh bo‘lsangiz,
«Telegram» orqali Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida yaratilgan @stop_kriminal_bot manziliga yuboring.
Befarq bo‘lmang! Turli jinoyatlarga qarshi kurashish va ularning oldini olishda hissa qo‘shing!