Xatolarni tan olish vaqti keldi. «Mening jarimalarim»

15.02.2022

 

🔸 Onet ID orqali ro'yxatdan o'tish haqiqatan ham to'g'ri ishlamadi. Muammoning bir qismi hal qilindi. Biz Google play - dan yangi versiyani tasdiqlashni kutmoqdamiz. Oneidea tomonidan muammoning bir qismi hal qilinmoqda.

Ayni paytda tizimga kirish imkoni bo'lmagan yechimi: To'liq dastur keshini tozalab ko'ring va birinchi sahifada OneId orqali qayta avtorizatsiya qiling. Noqulaylik uchun uzr so'raymiz.

 🔸Yordam xizmati joriy etilmoqda, biz uni imkon qadar tezroq qo'shamiz.

 🔸 2020 yil va 2021 yil boshida YXXBB dan To'lanmagan bayonnomalarga kelsak. Ma'lumotlar bazalari bilan tekshirmoqdamiz. Sizning barcha to'lovlaringiz mavjud, Xavotir olmang