Yoʼl harakati sohasidagi qonunchilik zamon talablariga moslashtirilmoqda

10.08.2021

Yoʼl harakati sohasidagi qonunchilik zamon talablariga moslashtirilmoqda

Аdliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida transport vositalari haydovchilariga qulayliklar yaratuvchi quyidagi yangiliklar koʼzda tutilgan:

-haydovchilarga transport vositasini boshqarayotganda qoʼllarini ishlatmasdan muloqot qilish imkonini beruvchi minigarnituralar va boshqa texnik qurilmalar orqali telefondan foydalanish huquqi berilmoqda. Shuningdek, transport vositasini boshqarayotganda telefondan foydalanish huquqbuzarligini jazo qoʼllanilgandan soʼng bir yil davomida takroran sodir etilgandagi kuchaytirilgan javobgarlik chorasi bekor qilinmoqda;

- atomobil salonining old qismiga monitor (displey) oʼrnatganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinmoqda;

- haydovchilarga, agarda ularning Oʼzbekiston Respublikasida berilgan biometrik pasporti yoki ID-kartasi yonida boʼlsa, transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni, tex. pasportni, sugʼurta polisini yonida olib yurmasdan transport vositasini boshqarish huquqi berilmoqda;

Bunda, ushbu hujjatlar mavjudligi DYHXX xodimi tomonidan elektron tizim orqali transport vositasi toʼhtatilgan joyda mustaqil tekshiriladi. Mazkur yangilikni amaliyotga joriy qilish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga kerakli integratsiya ishlarini 2021 yil 1 dekabrga qadar yakunlash vazifasi yuklatilmoqda.

Hakat tezligini oʼlchashda, tezlikni oʼlchaydigan maxsus qurilmalar tomonidan qayd etilgan tezlik koʼrsatkichlaridan qurilmalar tomonidan yoʼl qoʼyilishi mumkin boʼlgan soatiga 5 kilometrlik nuqsonni ayirib tashlash boʼyicha qoida joriy etilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

regulation.gov.uz