Vazifalar
1.Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yagona markazlashtirilgan axborot tizimida to‘plash, ishlash, umumlashtirish, jamlash, saqlash va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish, shuningdek ularni davlat organlariga taqdim etish hisobga olish asosiy vazifalari hisoblanadi.
2.Statistik axborotlarning yagona tizimini yanada rivojlantirish, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarning hisobga olish tartibini takomillashtirish va ularning ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikdan bosh tortishiga ko‘maklashadigan shart-sharoitlarni bartaraf etish.
3.Ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli barcha organlarning talabnoma va so‘rovnomalarni tekshirish va yozma ravishda javob berish.
4.Hisobga olishning to‘liqligini ta'minlash uchun vakolatli organlarning barcha bo‘g‘inlari har chorakda bir marta solishtirish ishlarini o‘tkazish.
5.Vazirlik va idoralar tomonidan ma'muriy xuquqbuzarlik sodir etganligi uchun takdim etilgan kartochkalarini kiritish.
6.Ma'muriy huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklarga belgilangan jarima to‘lovlarini “Billing” tizimi orqali avtomatlashtirilgan rejimda to‘lanishini nazorat qiladi.
7.Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tizimga to‘liq kiritilishi, ularning to‘la va haqqoniyligi ustidan nazorat qilish, reja asosida tekshiruvlar o‘tkazilishini tashkil etadi.
8. Ichki ishlar organlaridagi o‘zaro bog‘langan va integratsiya qilingan turli xildagi ma'lumotlar bazalari va axborotlar tizimlaridagi shaxslarga tegishli bo‘lgan ma'lumotlarni himoyalash uchun elektron raqamli imzo tarqatadi va ushbu foydalanuvchilarni nazorat qiladi.