Boshqarma haqida
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 31 oktyabrdagi PF–5566-son «Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi farmoniga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasining asosiy vazifa va funktsiyalari, vakolatlari va huquq-majburiyatlari hamda javobgarligi belgilangan.
Ichki ishlar vazirligining Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ichki ishlar organlari toʼgʼrisida»gi qonuni va boshqa qonunlarga, Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, Ichki ishlar vazirligining buyruq, farmoyish va koʼrsatmalariga asosan xizmat olib boradi.
Boshqarma oʼz faoliyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oʼzarxiv» agentligi, Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, «Oʼzbekiston havo yoʼllari» Milliy aviakompaniyasi va «Oʼzbekiston temir yoʼllari» aktsiyadorlik jamiyati hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi va boshqa vakolatli davlat organlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Boshqarma tomonidan foydalanilayotgan dasturiy taʼminotlar va avtomatlashtirilgan maʼlumotlar tizimlari, kompьyuter va server texnikalarining doimiy ravishda ishlashi va texnik kuzatuvini olib borilib, maʼlumotlar jamlanmalarini boshqarish ishlari tashkil etilgan.
Boshqarma faoliyatiga ilgʼor texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari hamda Ichki ishlar vazirligining buyruq loyihalari, Boshqarmada oʼrganib chiqilib, yangi platformaga oʼtish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʼyicha oʼzining takliflarini amaliyotga tadbiq etilmoqda.
Shu bilan birga, boshqarma maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning hisobga olinishini shakllantirish, mazkur yoʼnalishdagi maʼlumotlar bazalarini takomillashtirish, maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tizimga kiritish, umumlashtirish, saqlash, qayta ishlash hamda ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish faoliyati ustidan nazorat oʼrnatilgan.
Huquqbuzarliklarni hisobga olish respublika boʼyicha yagona tarzda yuritilishini taʼminlash, ularni ichki ishlar organlarida shakllantirilgan maʼlumotlar bazalari bilan doimiy ravishda taqqoslash ishlari oʼtkazilishi amalga oshiriladi.
Hisobga olish faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi ishlarni koʼrib chiqishning shaffofligini taʼminlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilgan.
Vakolatli organlar tomonidan belgilangan shaklidagi taqdim etiladigan, hisobga olish kartochkalarini «yagona markazlashtirilgan axborot tizimi»ga maʼlumotlar kiritib borish ishlarini amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 322-son “Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi qarori boʼyicha ishlar boshqarmada faol davom etilmoqda.