Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga yarashuv instituti kirib kelmoqda.

20.08.2021

Huquqbuzarlik qilgan fuqarolar, agar ishni ko‘rish jarayonida qarindosh-urug‘chilik, qo‘ni-qo‘shnichilik yoki milliy urf-odatlarga ko‘ra bir-biri bilan yarashsa ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish mumkin bo‘lgan qonun Qonunchilik Palatasida ikkinchi o‘qishdan o‘tdi.