15 kun ichida jarimani 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʼlash
Huquqbuzar unga jarima solish toʼgʼrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʼlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʼlashdan ozod qilinadi
Ushbu qoida quyidagi hollarda qoʼllanilmaydi:
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
jarima solish toʼgʼrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda