Аxborot texnologiyalarini joriy etish orqali ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini boshqarish
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Аxborot texnologiyalarini joriy etish orqali ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangicha amaliyoti (situatsion boshqaruv tizimi) bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.
Jumladan:
- kuzatib boriladigan obʼektlar, hodisalar va jarayonlarni kompleks monitoring qilish asosida boshqaruv qarorlarini oʼz vaqtida qabul qilish imkonini beruvchi vazirlikning Situatsion markazining markazlashgan boshqaruvini amalga oshirishda yagona axborot makonida ishlaydigan ichki ishlar organlari situatsion markazlarining toʼlaqonli taqsimlangan tizimi
- jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi umumiy manfaatlarni inobatga olgan holda huquq-tartibot organlari oʼrtasidagi uygʼunlashgan axborot hamkorligini taʼminlash imkonini beruvchi yagona maxsus axborotlar kichik tizimini tashkil etish.