Haydovchilik guvohnomasini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi

22.10.2021

 

Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisidaVazirlar Mahkamasining 15.10.2021 yildagi 645-son qarori qabul qilindi. 

2022 yil 1 martdan boshlab: 

quyidagi xizmatlar Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda koʼrsatiladi: 

- Oʼzbekiston Respublikasiga chet davlat fuqarosini taklif qilish; 

- chet davlat hududida Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlash boʼyicha tegishli hujjatlar va maʼlumotnomalar olish; 

- sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi maʼlumotlar olish; 

- avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish; 

- jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarda saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash. 

- haydovchining yoʼl-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim boʼlgan hujjatlari yonida boʼlmagan taqdirda mazkur hujjatlar maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi. 

Bunda, identifikatsiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan 

- yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;

- transport vositasini roʼyxatdan oʼtkazganlik toʼgʼrisidagi; 

- transport vositasiga egalik qilish; 

- egasi yoʼqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar; 

- transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʼurta qilish boʼyicha sugʼurta polisini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi.