Andijon viloyati IIBda «E-maʼmuriy ish”- yagona axborot tizimidan foydalanuvchi mas'ul xodimlar uchun o'quv-amaliy seminar tashkil etildi

20.08.2021

Ichki ishlar vazirligi tomonidan yaratilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi yagona elektron ish yurituv doirasidagi “E-mamuriy ish” - yagona axborot tizimi joriy yilning 26 aprel kunidan boshlab amaliyotga joriy etilganligi munosabati bilan IIV TMB mas’ul xodimi bilan hamkorlikda Andijon viloyati IIBning majlislar zalida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. O‘quv-amaliy seminarda tegishli hamkor tashkilotlar, tezkor-ma’lumotlar bo‘limi hamda sohaviy xizmatlar mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Andijon viloyati IIB tezkor-ma’lumotlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik I.G‘.Yusupov so‘zga chiqdi. Unda barcha shahar-tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, Yo‘l harakati xavfsizligi, Tibbiyot bo‘limi, Mudofaa boshqarmasi harbiy avtomobil nazorati xizmati, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Davlat yong‘in nazorati, viloyat Davlat soliq inspeksiyasi hamda Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi mas’ul xodimlariga ushbu tizim yordamida «E-maʼmuriy ish» «Yagona markazlashtirilgan axborot tizimi»ga ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida ma’lumotlarni kiritilish imkoniyati yaratilganligi to‘g‘risida tushunchalar byerib o‘tdi.

O‘quv-amaliy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi mas’ul xodimi U.Saidvaliev ham so‘zga chiqib, “E-maʼmuriy ish” yagona axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish tartiblari va ularni tegishligi bo‘yicha hududiy Majburiy ijro byurosi, Jinoyat ishlar bo‘yicha shahar-tuman sudlari va boshqa organlarga yuborish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Yig‘ilish yakunida tizimga ma’lumotlarni kiritilishida vujudga kelayotgan muammolar yuzasidan savol javoblar o‘tkazilib, ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli takliflar byerildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati