Har yili Ichki ishlar organlari xodimlari oʼrtasida nominatsiyalar boʼyicha respublika tanlovlari oʼtkaziladi

02.04.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Har yili quyidagilarni oʼz ichiga oluvchi «Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʼi», «Eng yaxshi profilaktika inspektori», «Eng yaxshi tergovchi», «Eng yaxshi tezkor xodim» nominatsiyalari boʼyicha respublika tanlovlari oʼtkaziladi

- sohaviy faoliyat boʼyicha eng yaxshi xodimlarni aniqlashning har tomonlama, xolisona, oshkora mexanizmlari va mezonlari joriy etiladi;

- eng yaxshi xodimlarni har yili «25 oktyabrь — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni»ni nishonlash vaqtida eʼlon qilinadi;

- byudjetdan tashqari mablagʼlar hisobidan gʼoliblarni har oylik pul taʼminotining 100 foizgacha miqdorda bir yil davomida moddiy ragʼbatlantirish tartibini joriy etiladi;

- eng yaxshi xodimlarning fotosuratlari va ular haqidagi maʼlumotlarni bir yil davomida barcha ichki ishlar organlarida joylashtiriladi hamda ularning xizmat vazifalarini bajarish natijalarini keng targʼib etiladi.