«Barchangizga nasib etsin shunday baxt» deydi Farrux Shokirov

25.11.2022

Ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib, shaxsiy tarkib orasida, oʼzining mehnatsevarligi, tirishqoqligi, oʼziga yuklatilgan vazifalarni oʼz vaqtida sifatli va vijdonan yondashishi bilan rahbariyat va hamkasblari orasida obroʼ-eʼtiborga ega xodimlardan biri edi deb taʼkidladi Markaz boshligʼi oʼrinbosari Аbduhamid Xabirovich oʼz soʼzida.

Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazida Farrux Olimjonovichni nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan kuzatish tadbiri boʼlib oʼtdi.

Tadbir sababchisi boʼlmish Shokirov Farrux Olimjonovich oʼz xizmat faoliyatini 2003 yil Toshkent viloyati IIB Аxborot markazi huzuridagi kompьyuter texnikalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʼrsatish boʼlinmasi texnigi, 2004 yilda Toshkent viloyati Аxborot markazi Statistika boʼlinmasi kichik inspektori, 2005 yilda Bekobod tumani IIB Roʼyxatga olish olish va statistika guruhi kichik inspektori, 2007 yilda Toshkent viloyati Аxborot markazi Statistika boʼlinmasi katta inspektori, 2017 yilda viloyat Tashkiliy inspektorlik boshqarmasi Navbatchilik qismi kichik inspektor navbatchisi,

2018 yil IIV Moliya va moddiy-texnika taʼminoti bosh boshqarmasi boʼlinmalari Markaziy baza navbatchisi, 2019 yil IIV Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi Maʼmuriy huquqbuzarliklarni hisobga olish va shakllantirish boʼlimi katta inspektori, 2021 yil IIV Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi Maʼmuriy huquqbuzarliklarni hisobga olish boʼlimi katta inspektorigacha boʼlgan sharafli yoʼlni bosib oʼtdi deb taʼkidladi boʼlim boshligʼi Bekzod Iskandarovich.

Turmush oʼrtogʼi bilan toʼrt nafar farzandini tarbiyalab, voyaga yetkazmoqda. Hozirda ularning katta farzandi otasining kasbini davom ettirishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan.

Mazkur Markazning rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi qahramonimiz shaʼniga iliq soʼzlar aytishdi. Jumladan, bir necha hamkasblari va shogirdlari ham oʼz dil izhorlarini bildirishdi.

Qahramonimiz, nafaqaga chiqish, barcha ishlardan uzoqlashib ketish degani emas,-deydi F.Shokirov.

Kelgusida ham Markazda faoliyat boshlagan yosh xodimlar

va hamkasblarimga oʼzimning bilim va tajribalarimni oʼrgatib, soha rivoji uchun imkon qadar oʼz hissamni qoʼshaman. Bugungi koʼrsatilgan yuksak ehtiromdan boshim koʼklarga yetdi. Barcha hamkasblarimga mana shunday baxt nasib etishini chin dildan tilayman. Shu fursatdan foydalanib jonajon Oʼzbekistonimiz osmoni doimo musaffo boʼlishi, kundan-kunga gurkirab rivojlanishini, barchaning xonadanlarida yaxshi kunlarni keti uzilmasligini tilayman.

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi

Maʼmuriy huquqbuzarliklarni hisobga olish boʼlimi