Buxoro viloyati Majburiy ijro byurosida “E-ma’muriy ish” tizimi bo’yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyul kunidagi 431-sonli Qarori ijrosi hamda “E-ma’muriyish” tizimi orqali huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni rasmiylashtirishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularning yechimlari hususida Buxoro viloyatining Majburiy ijro byurosi xodimlari hamda hududiy bo‘limlar bilan videokonferensaloqa rejimida Buxoro viloyati IIB Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar bo‘limi mas’ul hodimlari ishtirokida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Videoselektor yigʼilishini boshqarma boshligʼi А.T.Dilichev ochdi va kun tartibidagi masalani eʼlon qildi.
Seminar uchrashuviga taklif etilgan Buxoro viloyati IIB Hukuqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar boʼlimi katta inspektori L.Olimov soʼzga chiqib, Byuroning Buxoro viloyat boshqrmasi va uning hududiy boʼlimlari faoliyatida ushbu sohada uchrayotgan qator kamchiliklar va muammolar boʼyicha maʼruza qildi.
Mashgʼulot davomida, L.Olimov maʼmuriy ishlarni elektron shaklda yuritish vakolatli organlarning tegishli tarkibiy boʼlinmalari tomonidan maʼmuriy ish hujjatlari “E-ma'muriy ish” tizimiga elektron shaklda kiritilishi orqali amalga oshirilishi, maʼmuriy ishlarni qogoz shaklda yuritish zarurati yuzaga kelganda, ushbu hujjatlar ”E-ma'muriy ish” tizimiga elektron shaklda kiritilishi hamda uning qogʼoz shakli bevosita vakolatli organda saqlanishi, maʼlumotlar elektron shaklda idoralararo axborot almashish orqali amalga oshirilishi, vakolatli organlar tomonidan huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvox, va xolislar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni sudga yuborish, shuningdek, sudda ishni koʼrish bilan bogʼliq maʼlumot almashinuvi faqat “E-ma'muriy ish”tizimi orqali amalga oshirilshi, vakolatli organlar tomonidan huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilganda sudlarning vakolatiga kiradigan maʼmuriy ishlar “E-mamuriy ish”tizimi orqali tegishli sudlarga yuborilishi, Bosh prokuratura xuzuridagi Majburiy ijro byurosining “MIB portal” tizimi “E-ma'muriy ish”tizimiga integratsiya qilinganligini taʼkidlab oʼtdi hamda xodimlarni qiziqtirgan boshqa savollarga javob berdi.
Kelgusida,“E-ma'muriy ish” tizimi orqali ish yuritishda viloyat IIBning tegishli tarmogʼi bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyilib, avval yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni takrorlamaslik choralari koʼrish boʼyicha tegishli chora-tabdilar rejasi kelishib olindi.