DIQQAT E’LON!!!
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyuldagi «Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida» gi 431-son qaroriga asosan, Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv doirasida «E-ma’muriy ish» tizimi amaliyotga joriy etilgan.
️❗️ Mazkur tizimning xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida, joriy yilning 1 sentabr kuni soat 19.00 dan 5 sentabr kuni soat 19.00 ga qadar, Ichki ishlar organlarining elektron tizimlarida migratsiya va texnik profilaktik ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan ushbu tizimlar faoliyati vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Sizlardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Texnik ishlar tadbirlari yakunlanishi haqida qo‘shimcha xabar beriladi.