“E-mamuriy ish” hamda “Elektron jinoiy – huquqiy statistika” axborot tizimlarini ishlatish haqida tushunchalar berildi
Qashqadaryo viloyati IIB Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumolar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Qarshi shahar IIO FMBda seminar-o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyuldagi “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqida”gi 431-son qarori bilan amaliyotga joriy qilingan “E-ma'muriy ish” yagona elektron ish yurituv tizimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6196-son farmoni talablaridan kelib chiqib, “Elektron jinoiy – huquqiy statistika” yagona axborot tizimlarini ishlatish haqida tushunchalar berildi.
Mas’ul xodimlar “E-ma'muriy ish” tizimida profilaktika inspektorlari, Yo‘l harakati xavfsizligi va Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari xodimlari yurituvida bo‘lgan ma’muriy ishlarni sud organlariga protsessual harakatlarni tizimda onlayn ravishda rasmiylashtirish tartiblarini o‘rgatishdi.