“E-mamuriy ish” boʼyicha oʼquv-seminar mashgʼuloti oʼtkazildi
Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2021 yil 29 sentyabr kunidagi 59-qq-11-6021-son “Axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni elektron shakllantirish, ko‘rib chiqish va hisobotini yuritish to‘g‘risida” qo‘shma qarori ijrosi hamda “E-mamuriy ish” tizimi orqali rasmiylashtirilayotgan bayonnomalarda uchrayotgan xato va kamchiliklar bo‘yicha semenar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Joriy yilning 14 oktyabr kunida, Toshkent shahar IIBB katta majlislar zalida Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari R.I.Sultanxojaev, Ichki iishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi bo‘lim boshlig‘i B.I.Isxakbekov, Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar mas’ul xodimi, Chilonzor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi hamda Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar boshqarmasi katta inspektori G.B.Usmanovalar ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 sentyabrdagi “Sud xokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4818-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyuldagi “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hakida” 431-son qarorlariga asosan, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sud tomonidan imzolangan qo‘shma qaror muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, 2021 yil 08 iyun kunidagi “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 431-son qaroriga muvofiq, ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tekshirish, zarur ma’lumotlarni olish hamda ulardan foydalanish “E-mamuriy ish” tizimi orqali amalga oshirilishi bo‘yicha Toshkent shahar IIBB HPBBga ko‘rsatmalar berildi. Qo‘shma qarorning ijrosi mazmun mohiyati unda belgilangan vazifalarni yetkazish borish maqsadida, Toshkent shahar IIBB HPB va uni quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarini kasbiy malakasini oshirish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etilib, profilaktika inspektorlariga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirish, qaror qabul qilish, hujjatlarni sudga va onlayn tartibda sud majlislarni o‘tazish hamda jarimalarni ixtiyoriy to‘lamagan fuqarolarni bayonnomalarini elektron tartibda hududiy MIBlarga yuborish tartibi tushuntirildi.
Mazkur tartib Axborot tizimlarini integratsiya kilish orkali ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishlarni elektron shakllantirish, ko‘rib chiqish, hisobini yuritish, shuningdek jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga ma’muriy ishlarga doir ma’lumotlarni faqat axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborish tartibi belgilangigi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Yuqoridagi mazkur qaror yuzasidan barcha mas’ul bo‘lgan organlar tomonidan har bir hujjatlarga alohida e’tibor qaratilib, ularning elektron almashinuvi bo‘yicha raqamlashtirishga bosqichma-bosqich o‘tib kelayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi