Jarimani oʼz vaqtida toʼlaganga chegirma mavjud
Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 332-modda prim-1. Jarima solish toʼgʼrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibiga asosan:
Huquqbuzar unga jarima solish toʼgʼrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʼn besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda toʼlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʼlashdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Jarima solish toʼgʼrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qoʼllanilmaydi:
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
jarima solish toʼgʼrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilg;
xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.