Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlinmalariga zamonaviy axborot texnologiyalari tatbiq etiladi

05.04.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlinmalari faoliyatiga uning samaradorligini oshirish va ortiqcha xizmat yuklamasini qisqartirishga yoʼnaltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalari tatbiq etiladi.

Xususan:

- «E-inspektor» elektron kompleks tizimini tatbiq etish orqali huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlinmalarida ish yurituvni maqbullashtiriladi

- profilaktik hisobdagi shaxslar bilan ishlash boʼyicha elektron axborot tizimini ishlab chiqiladi

- maʼmuriy huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi ishlarni koʼrib chiqish boʼyicha «E-mamuriy ish» yagona elektron hujjat almashinuvi tizimini yaratiladi

- mahallalarda jinoyatlarni muhokama qilish jarayonlarini masofadan turib nazorat qilish boʼyicha elektron modul tatbiq etiladi

- «E-hisobot» axborot tizimini yaratish orqali profilaktika xizmatida hisobotlarni unifikatsiya qilinadi va uni boshqa tashkilotlarning hisobot yuritiladi, idoraviy axborot tizimlari bilan oʼzaro integratsiya qilinadi.