Ichki ishlar organlari xodimlari va oila aʼzolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini hamda uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Ichki ishlar organlari xodimlari va oila aʼzolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini hamda uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash choralari koʼriladi
Quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha huquq-tartibot organlari xodimlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga doir takliflarni kiritiladi:
- xizmat vazifasini bajarayotgan huquq-tartibot organlari xodimlarining shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish, sogʼligʼiga shikast yetkazish, shuningdek, qonuniy talablariga boʼysunmaslik va faol qarshilik koʼrsatganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirish;
- huquq-tartibot organlari xodimlari va oila aʼzolarining shaxsiy hayoti toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik belgilash;
- ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini davlat tomonidan ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning yagona huquqiy asosini, ushbu yoʼnalishdagi kafolatlar va aniq mexanizmlarni nazarda tutgan holda yaratish.