Ichki ishlar organlari xodimlarini axloqiy-ruhiy qoʼllab-quvvatlash

05.04.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Ichki ishlar organlari xodimlarini axloqiy-ruhiy qoʼllab-quvvatlash faoliyati boʼyicha sifat jihatidan yangi tizim joriy etiladi

Unga koʼra:

- ichki ishlar organlari tuzilmalarida axloqiy-ruhiy qoʼllab-quvvatlash boʼlinmalari tashkil etiladi

- ichki ishlar organlari tizimida psixologik xizmat koʼrsatish markazlarini tashkil etish va ularga shartnoma asosida mutaxassis-psixologlarni jalb etish imkoniyati yaratiladi

- xizmat xususiyatlarini inobatga olgan holda, xodimlar orasida oʼz joniga suiqasd qilish va ruhiy tushkunlik holatlarining barvaqt oldini olishga qaratilgan yakka tartibda axloqiy-ruhiy ishlashning zamonaviy metodlari tatbiq etiladi

- xodimlarning psixologik portretini majburiy hisobga olish tartibini joriy etgan holda, ichki ishlar organlarining qabul va shahodatlash komissiyalarida mutaxassis-psixologlarning roli oshiriladi.