Ichki ishlar organlarini raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilinadi

03.04.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Lokal tarmoqlar va yagona himoyalangan korporativ tarmoqni rivojlantirish orqali ichki ishlar organlarini raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilinadi. Bunda:

- ichki ishlar organlarida elektron hujjat almashinuvi va himoyalangan elektron pochta yagona tizimini tatbiq etiladi va bu boʼyicha, dasturiy taʼminot yaratiladi;

- maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markazini yaratiladi va unga idoraviy maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini integratsiya qilinadi;

- idoraviy raqamli infratuzilmaning axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, elektron hujjatlar va maʼlumotlarni himoya qilish choralari koʼriladi.