Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tashkil etiladi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tashkil etiladi.
- shtat birliklari soni 20 nafarni tashkil etadigan, katta ilmiy va amaliy tajribaga, tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan jamlanadi;
- respublikada kriminogen vaziyatni tizimli tahlil qilinadi;
- jinoiy qilmishlarning sodir etilishiga taʼsir qilayotgan omillarni aniqlanadi, jinoyatlarning dinamikasini mintaqalar va turlari kesimida prognoz qilinadi;
- huquq-tartibot kuch va vositalarini boshqarish samaradorligini oshirish boʼyicha toʼlaqonli tizimlar va ilmiy asoslangan metodikalarni ishlab chiqiladi;
- jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarning sifatini oshirish boʼyicha tavsiya va ishlanmalarni huquqni qoʼllash amaliyotiga joriy etish shakllari yaratiladi.