Yo‘l qoidalariga amal qiling

16.08.2022

Haydovchi mastlik holati bo‘yicha tekshiruvdan bo‘yin tovlasa, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi va 4 mln 500 ming so‘m miqdorida jarimaga tortiladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, 9 mln so‘m miqdorida jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi.

Mazkur huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi BHMning 3 baravari (900 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 136-moddasi