Jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin

13.02.2023

Mayda bezorilik qilgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin

Quyida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u oʼz aybiga iqror boʼlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:

-              tuhmat;

-              haqorat qilish;

-              fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish;

-              fuqaroga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʼlgan maʼlumotlarni oshkor etish;

-              shaxsiy hayot daxlsizligini buzish;

-              engil tan jarohati yetkazish;

-              mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish;

-              ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xoʼjalik ekinlarining dalada toʼplab qoʼyilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yoʼq qilib yuborish, koʼchatlarga shikast yetkazish;

-              transport vositalari haydovchilarining yoʼl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi;

-              haydovchilarning yoʼl harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi;

-              mayda bezorilik;

-              oʼzboshimchalik.

Аmmo yuqoridagi huquqbuzarliklarni 1 yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

Manba : Oʼzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi 2 boʼlim, 2 bob.